
30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda mamlakatning barça hududlaridan taşabbuskor, fidoyi va bilimli yoşlar iştirok etdi.
Mazkur uçraşuvda Qöqon davlat universitetining iqtidorli talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi, universitet “Yoşlar akademiyasi” lideri Dilnavoz Sobirova ham qatnaşdi. U Prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlarga bağişlab sözlagan çuqur, samimiy va ilhomlantiruvçi nutqini bevosita tinglaş şarafiga muyassar bölgani, bu esa uning hayotida unutilmas voqea sifatida muhrlanganini faxr bilan taʼkidladi.
— Tadbir çin maʼnoda yoşlar salohiyati, ularning intilişi va fidoyiligi mujassam bölgan maydonga aylandi. Davlatimiz rahbarining har bir sözida yoşlarga bölgan mehr, eʼtibor va işonçni çuqur his etdik. Ayniqsa, uşbu eʼtibor biz, Yoşlar akademiyasi liderlariga katta masʼuliyat yuklaydi, — deydi Dilnavoz Sobirova.
Uçraşuv iştirokçilari yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, bevosita Prezident bilan oçiq va samimiy muloqot imkoniyati, yoş avlodning kelajagiga bildirilayotgan yuksak işonç haqida çuqur taassurotlar bilan qaytdilar.
— Bugun yurtimizda yoşlarning har bir taşabbusi qöllab-quvvatlanmoqda. Prezidentimiz bizga faqat işonç emas, balki harakatga daʼvat, xalqimizga xizmat qiliş uçun ilhom berdi, — deya minnatdorlik bildirdi Dilnavoz Sobirova.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…