
Qirğiziston Respublikasining Issiqköl viloyatida Özbekiston va Qirğiziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi muvaffaqiyatli bölib ötdi. Nufuzli xalqaro muloqot maydonida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda akademik hamjamiyat vakillari iştirok etdi.
Forumning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov, Qirğiziston Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qirğiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari Ulan Mamatkanov sözga çiqib, ikki davlat örtasidagi oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, erişilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor yönalişlar yuzasidan fikr almaşdi.
Forum doirasida oliy ta’lim muassasalari örtasida akademik almaşinuvni kengaytiriş, qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Mazkur nufuzli xalqaro forumda Qöqon davlat universiteti prorektori Oybek Bozorov ham iştirok etdi. Forum doirasida Qirğizistonning yetakçi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan samarali uçraşuvlar ötkazilib, universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş, yangi memorandumlar imzolaş hamda qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan muloqotlar ötkazildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



