
Özbek tili — turli millat va elat vakillarini birlaştiruvçi, muloqot va özaro anglaşuvga xizmat qiluvçi muhim ma’naviy köprikdir. Bugungi kunda yurtimizda ta’lim olayotgan xorijlik yoşlarning özbek tilini örganişga bölgan qiziqişi tobora ortib bormoqda. Bu jarayon ularning Özbekiston tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari va xalqimizning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanişişida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maqsadda Qöqon davlat universitetida tahsil olayotgan çet ellik talabalar örtasida özbek tilidan respublika olimpiadasining universitet bosqiçi ötkazildi.
Mazkur intellektual bellaşuv xorijlik talabalarning özbek tilidagi bilim va könikmalarini sinovdan ötkaziş, ularning davlat tilini örganişga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, özbek tilida erkin muloqot qiliş hamda mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişga xizmat qildi.
Olimpiadaning oçiliş qismida Qöqon davlat universitetining Xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Nigoraxon Qodirova iştirok etib, musobaqa qatnaşçilarini qutladi. U öz sözida xorijlik talabalar uçun yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari, ularning universitet hayotidagi faol iştiroki hamda özbek tilini örganiş borasidagi intilişlari muhim ekanini ta’kidlab, barça iştirokçilarga muvaffaqiyat tiladi.
Şuningdek, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani Dilnoza Jamolitdinova olimpiadaning maqsad va vazifalari, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida söz yuritdi. Ta’kidlanganidek, bunday bilim bellaşuvlari nafaqat talabalar bilimini baholaş, balki ularni izlaniş, örganiş va yangi bilimlarni egallaşga rağbatlantirişda ham muhim vosita hisoblanadi.
Olimpiada davomida iştirokçilarning özbek tilining leksik, grammatik va kommunikativ jihatlariga oid bilimlari, tilni amaliy qöllaş könikmalari hamda mustaqil fikrlaş qobiliyatlari sinovdan ötkazildi. Xorijlik talabalar topşiriqlarni bajariş jarayonida özbek tiliga bölgan bilim va qiziqişlarini namoyon etdilar.
Bellaşuv yakunida iştirokçilarning natijalari xolisona baholanib, ğoliblar aniqlandi.
Olimpiadaning universitet bosqiçi natijalariga köra:
1-örin — Melonova Marğuba, 1-bosqiç magistranti, Rossiya;
2-örin — Azotdilov Abdulloh, 1-bosqiç talabasi, Qirğiziston.
Olimpiada yakunlari böyiça yuqori natija qayd etgan talabalar respublika bosqiçida iştirok etiş uçun tavsiya etildi.
Mazkur olimpiada Qöqon davlat universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar uçun özbek tilidagi bilimlarini namoyiş etiş bilan birga, Özbekistonning milliy tili va madaniyatini yanada çuqurroq örganişlari uçun muhim imkoniyat böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





