
Qöqon davlat universitetida birinçi bosqiçga qabul qilingan talabalar uçun taşkil etilayotgan “Men farzandim kelajagiga befarq emasman” mavzusidagi ota-onalar yiğilişlari izçil davom etmoqda.
Şu munosabat bilan Pedagogika va psixologiya fakultetida navbatdagi uçraşuv ötkazildi. Tadbirda universitet birinçi prorektori Ahmadjon Husanov, fakultet dekani Nigora Erkaboyeva, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens nazorat” bölimi boşliği Mirzobek Mahmudov, professor-öqituvçilar, fakultetga biriktirilgan profilaktika inspektorlari, talabalar hamda ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Uçraşuvni fakultet dekani Nigora Erkaboyeva oçib berib, yangi öquv yilida talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi ustuvor vazifalar, ota-onalarning masʼuliyati hamda ular bilan doimiy hamkorlikning ahamiyati haqida töxtalib ötdi. Şuningdek, fakultetda amalga oşirilayotgan islohotlar, öquv jarayonini zamonaviy talablarga mos taşkil etiş borasida maʼlumot berdi.
Birinçi prorektor Ahmadjon Husanov sözga çiqib, universitet rahbariyati tomonidan yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, taʼlim sifati va tarbiyaviy jarayonni takomillaştiriş böyiça olib borilayotgan işlarni alohida taʼkidladi. U, şuningdek, ota-onalarning farzandlari taqdiriga befarq bölmasliklari, ularning öqişi, ijtimoiy hayoti va qiziqişlari bilan yaqindan tanişib borişlari zarurligini qayd etdi.
Uçraşuv davomida ota-onalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ular farzandlarining bilim oliş şaroitlari, fakultetdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, talabalar turar joyi, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar. Mutasaddi rahbarlar ota-onalarning murojaatlariga javob qaytarib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça fikr bildirdilar.
Tadbir yakunida tomonlar kelgusida bunday uçraşuvlarni muntazam ötkazib boriş, ota-onalar va universitet örtasidagi samarali aloqalarni mustahkamlaş, talabalarning barkamol şaxs sifatida voyaga yetişida hamkorlikni kuçaytirişga kelişib oldilar.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








