
Talabalar uçun munosib, qulay va xavfsiz yaşaş şaroitlarini yaratiş, ularning ijtimoiy muammolarini öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bu borada talabalar turar joylari va ijara xonadonlaridagi şaroitlarni muntazam örganiş, mavjud kamçiliklarni joyida hal etiş, yoşlarning taʼlim olişi va yaşaşi uçun munosib muhit yaratiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana şu maqsadda Qöqon davlat universitetida tizimli işlar yölga qöyilgan. Xususan, talabalar turar joylari hamda ijara asosida istiqomat qilayotgan talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş, ularni ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, muammolariga amaliy yeçim topiş böyiça doimiy monitoring işlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 28-fevral kuni öquv yilining ikkinçi yarmi boşlanişi arafasida universitet rahbariyati tomonidan navbatdagi örganiş işlari amalga oşirildi. Unda universitetning Yoşlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Xusanov, universitet profilaktika katta inspektori Q. Qöçqorov hamda Talabalar turar joyi va ijara xonadonlarini örganiş böyiça mutaxassis D. Rafiqovalar iştirok etdi.
Masʼullar barça talabalar turar joylariga taşrif buyurib, binolarning umumiy holati, xonalar tozaligi, isitiş tizimi, elektr va suv taʼminoti, yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etilişi, sanitariya-gigiyena talablari hamda talabalarga yaratilgan şaroitlarni atrofliça közdan keçirdilar.
Örganiş jarayonida aniqlangan ayrim kamçiliklar yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi va ularni qisqa muddatlarda bartaraf etiş çoralarini köriş belgilandi. Ayniqsa, talabalar xavfsizligini taʼminlaş, içki tartib-qoidalarga rioya etilişi va maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur taşrif va örganiş işlari talabalarning yaşaş şaroitlarini yanada yaxşilaş, ularning taʼlim jarayoniga tölaqonli eʼtibor qaratişi uçun qulay muhit yaratişga xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



