
Viloyatimiz böylab oliy taʼlim muassasalari tomonidan maktab bitiruvçilarini oliy taʼlimga keng jalb etiş, ularga kasb tanlaşda töğri yönaliş beriş hamda kelajakdagi taʼlim imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar yetkaziş maqsadida tarğibot tadbirlari tizimli ravişda taşkil etilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri Toşloq tumanida bölib ötdi. Mazkur tadbirda Qöqon davlat universiteti vakillari, professor-öqituvçilar hamda masʼul xodimlar iştirok etib, tuman hududidagi umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf öquvçilari bilan uçraşdilar.
Tadbir davomida universitetning taʼlim yönalişlari, kiriş imtihonlari tartibi, talabalarga yaratilgan şart-şaroitlar, zamonaviy öquv laboratoriyalari, stipendiya tizimi hamda xalqaro hamkorlik dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, yoşlarning qiziqişlari va rejalari tinglanib, ularga töğri kasb tanlaş böyiça tavsiyalar berildi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda oliy taʼlim oliş — nafaqat bilim oliş, balki zamonaviy jamiyatda öz örnini topiş, raqobatbardoş mutaxassis bölib yetişişning muhim omilidir. Şu boisdan ham bitiruvçi yoşlarni oliy taʼlimga keng jalb etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Tadbir davomida öquvçilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda universitetga öqişga kiriş jarayonlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Bunday tarğibot tadbirlari viloyatning boşqa hududlarida davom ettirilişi rejalaştirilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…






