
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxanov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov iştirokida oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosi muhokama qilindi. Unda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Abdulxakim Eşmuratov iştirok etdi.
Taʼkidlanganidek, loyiha doirasida “Oliy taʼlim jarayonlarini boşqariş axborot tizimi” (HEMIS) joriy etilib, 35 turdagi maʼlumotlar raqamlaştirildi.
my.edu.uz va my.uzbmb.uz axborot tizimlari joriy etilişi natijasida abituriyentlarning vaqtini tejaş, xarajatlarini qisqartiriş hamda ortiqça byurokratik tösiqlarning oldini olişga erişildi. Kiriş imtihonlarining onlayn translyatsiyasi yölga qöyildi.
Muhokamada uşbu ijobiy işlar eʼtirof etilişi bilan bir qatorda loyihani amalga oşirişda kuzatilayotgan ayrim kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan özaro hamkorlikdagi vazifalar ham belgilab olindi.
Jumladan, oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga moyil bölgan lavozimlar röyxatini şakllantiriş va uşbu lavozimlarda işlovçi şaxslarni har 3 yilda rotatsiya qiliş tartibi işlab çiqiladi.
Barça taʼlim muassasalarida quyi va örta böğindagi böş lavozimlarga oçiq tanlov tizimi amaliyotga joriy etiladi hamda taʼlim muassasalaridagi böş iş örinlari uçun “vacancy.edu.uz” platformasi orqali onlayn hujjat topşiriş jarayoni qatʼiy nazoratga olinadi.
Oliy taʼlim muassasalarining “komplayens-nazorat” tuzilmalari xodimlarini rektorlar qaramoğidan çiqarib, töğridan-töğri vazirlikka böysundiriş amaliyoti yölga qöyiladi.
Davlat xaridlari sohasida xarid iştirokçilarini tekşiriş va baholaş samaradorligi oşiriladi.
Muhokama davomida masʼullarga bir qator amaliy tavsiya va körsatmalar berildi.
Manba: senat.uz
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


