
Qöqon davlat universitetida talaba-qizlarning davlat va fuqarolik xizmatlariga qiziqişini oşiriş, ularning jamiyatdagi faolligini kuçaytiriş, kasbiy salohiyatini rivojlantiriş hamda kelajakdagi faoliyatiga yönaliş beriş maqsadida “Muvaffaqiyat sari yöl” mavzusida uçraşuv taşkil etildi.
Unda Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktorining maslahatçisi, professor Naibaxon Mamadaliyeva iştirok etib, talaba-qizlar bilan oçiq va mazmunli muloqot olib bordi. Suhbat davomida yoşlarning bilim olişga bölgan intilişi, zamonaviy kasbiy könikmalarni egallaşi va öz ustida muntazam işlaşi muvaffaqiyatga erişişning muhim omillaridan ekani ta’kidlandi.
Şuningdek, davlat va fuqarolik xizmatida faoliyat yuritiş uçun zarur bölgan bilim va könikmalar, kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari, liderlik, taşabbuskorlik, mas’uliyat va jamoa bilan işlaş qobiliyatining ahamiyati haqida fikr almaşildi. Talaba-qizlarga kelgusida öz qiziqiş va salohiyatidan kelib çiqib, aniq maqsadlar belgilaş hamda ularga erişiş yölida izçil harakat qiliş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uçraşuv davomida talaba-qizlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan davlat xizmatidagi faoliyat, kasbiy ösiş va şaxsiy rivojlaniş bilan boğliq masalalar yuzasidan javoblar oldilar.
Mazmunli muloqot yoşlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini rejalaştiriş, öz imkoniyatlariga bölgan işonçini mustahkamlaş va jamiyat hayotida faol iştirok etişga intilişini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





