
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida 11–13-fevral kunlari “Accelerating English Language Learning in Central Asia” (“Markaziy Osiyoda ingliz tilini öqitişni jadallaştiriş”) xalqaro loyihasi doirasida yirik ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Mazkur anjuman mintaqada ingliz tilini öqitiş samaradorligini oşiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni joriy etiş hamda xalqaro tajribani ommalaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Nufuzli tadbirda Qöqon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti öqituvçilari — Hayotxon Satimova va Ruxsoraxon Akbarova munosib iştirok etib, universitetimiz ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etdilar.
Uç kun davom etgan konferensiya qizğin bahs-munozaralar, taqdimotlar va mahorat darslariga boy böldi. Unda ingliz tilini öqitişning innovatsion metodikalari, raqamli taʼlim vositalaridan samarali foydalaniş, kommunikativ yondaşuv hamda baholaş tizimining zamonaviy şakllari atrofliça muhokama qilindi. Xorijiy ekspertlar tomonidan olib borilgan amaliy treninglar iştirokçilarga yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça muhim könikmalar berdi.
Loyiha doirasidagi maşğulotlar öqituvçilar uçun özaro tajriba almaşiş, ilğor tajribalarni örganiş va mustahkam professional aloqalar örnatiş maydoniga aylandi. Konferensiya yakunida faol qatnaşgan iştirokçilarga xalqaro darajadagi maxsus sertifikatlar topşirildi.
Mazkur iştirok universitetimiz professor-öqituvçilarining xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, taʼlim sifatini oşiriş hamda ingliz tilini öqitişda zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş borasidagi saʼy-harakatlarining yana bir yorqin ifodasi böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



