
Qöqon davlat universitetida Mustaqillikning 35 yilligi hamda birinçi bosqiç talabalarini kutib olişga bağişlangan bayram tadbirlari kötarinki ruhda ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz böylab “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu ğoya asosida keng nişonlanmoqda.
Uşbu uluğ sana Qöqon davlat universitetida ham bayram tadbirlari özgaça şukuh va kötarinki kayfiyat bilan taşkil etildi. Mustaqillik bayrami tantanalari yangi öquv yilining boşlanişi va universitetga ilk bor qadam qöygan birinçi bosqiç talabalarini kutib oliş tadbirlari bilan uyğunlaşib ketdi.
Universitetning yetti fakultetida bir vaqtning özida hukm surgan bayramona muhit, yangragan kuy-qöşiqlar, badiiy çiqişlar, samimiy tilaklar va talabalarning quvonçi yangi öquv yilining ilk kunlarini unutilmas lahzalarga aylantirdi.
Keça maktab partasida ötirgan öquvçi bugun talaba maqomida universitetning katta va mas’uliyatli hayotiga kirib kelmoqda. Ularni universitet jamoasi, professor-öqituvçilar kutib oldi.
Aniq fanlar va muhandislik fakultetida talabalarni kutib oliş tadbiri bayramona ruhda taşkil etildi. Talabalar yangi öquv yili bilan samimiy muborakbod etilib, ularga ta’lim oliş va ilmiy izlanişlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Tadbir davomida bayramona kayfiyatni yanada oşirgan badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Kuy-qöşiqlar, sahna körinişlari va yoşlarning ijodiy çiqişlari yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Şu kuni fakultetning ilm-fan va texnologiyaga qiziqayotgan yoş talabalari özlarini katta universitet jamoasining bir qismi sifatida his qildilar.
Boşlanğiç va texnologik ta’lim fakultetida ham birinçi bosqiç talabalari tantanali ravişda kutib olindi.
Yoşlar yangi öquv yili bilan qutlanib, ularga talabalik davrining har bir kunidan unumli foydalaniş, bilim va könikmalarini oşiriş, ustozlar maslahatiga quloq tutiş tilaklari bildirildi.
Tadbirning badiiy qismi esa bayramga yanada özgaça ruh bağişladi. Ijodkor talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qöşiqlar, şe’rlar tadbir iştirokçilariga bayramona kayfiyat ulaşdi.
Gumanitar fanlar va tillar fakultetida ötkazilgan tadbir ham samimiy tabriklar va ijodiy çiqişlarga boy böldi.
Yangi talabalar fakultet jamoasi tomonidan iliq kutib olinib, yangi öquv yili bilan muborakbod etildi. Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qöşiqlar, şe’riy çiqişlar va sahna körinişlari bayram şukuhini yanada oşirdi.
Yoşlarning yuzidagi quvonç esa yangi hayot bosqiçining ilk kuni ular uçun naqadar hayajonli ekanini namoyon etdi.
Pedagogika va psixologiya fakultetida ham birinçi bosqiç talabalari uçun bayramona dastur taşkil etildi. Talabalar yangi öquv yili bilan qutlanib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Ayniqsa, pedagogika yönalişini tanlagan yoşlarning zimmasida katta mas’uliyat — kelajak avlodni tarbiyalaşdek şarafli vazifa turgani ta’kidlandi.
Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar va ijodiy çiqişlar yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdi.
San’at va sport fakultetidagi tadbir esa özining jöşqinligi va rang-barangligi bilan ajralib turdi. Bu yerda bayram ruhi ayniqsa yorqin namoyon böldi. Talabalar yangi öquv yili bilan tabriklanib, ularga öqiş va ijodiy faoliyatlarida omad tilandi.
San’atkor yoşlarning kuy-qöşiqlari, ijodiy çiqişlari tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Bu manzilda talabalikning yana bir muhim jihati — bilim bilan birga iste’dodni ham rivojlantiriş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş va öz imkoniyatlarini namoyon qiliş ekanligi yaqqol körindi.
Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida ham yangi talabalarni kutib oliş marosimi bayramona ruhda ötkazildi. Fakultet jamoasi yoşlarni yangi öquv yili bilan samimiy muborakbod etib, ularga tanlagan yönalişlarida yetuk mutaxassis bölib kamol topişlarini tiladi.
Tadbir davomida bayramga mos badiiy çiqişlar namoyiş etilib, kuy-qöşiqlar yangradi. Yangi talabalar uçun bu kun universitet hayotiga moslaşiş, ustozlar bilan tanişiş va özlarini yangi muhitda sinab körişning ilk imkoniyati böldi.
Xorijiy filologiya fakultetida ham birinçi bosqiç talabalari katta quvonç va samimiyat bilan kutib olinib, yangi öquv yili bilan muborakbod etildi.
Yoşlarga xorijiy tillarni puxta egallaş, zamonaviy bilimlarni özlaştiriş, dunyoqaraşini kengaytiriş va xalqaro maydonda munosib örin egallaş uçun universitetda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş tilaklari bildirildi.
Bayram dasturining badiiy qismida ijro etilgan kuy-qöşiqlar va ijodiy çiqişlar tadbirga özgaça fayz bağişladi.
Qöqon davlat universitetida ötkazilgan bayram tadbirlari yoşlar qalbida bir tuyğuni yanada mustahkamladi: ularning bugungi bilimi va intilişi ertangi Özbekiston taraqqiyotining muhim poydevoridir.
Qöqon davlat universitetining barça talabalariga bilim oliş, izlaniş, ijod qiliş va katta marralarni zabt etiş yölida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Zero, har bir katta natija kiçik bir qadamdan boşlanadi.
Bugun taşlangan ilk qadam esa — ertangi buyuk kelajak sari yöldir.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








