
Qöqon davlat universiteti Gumanitar fanlar va tillar fakultetida Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Qalamidan dur tökilgan şoir” nomli adabiy-badiiy keça taşkil etildi.
Tadbir fakultet dekani, professor Dilnoza Jamoliddinova tomonidan oçib berildi. U öz nutqida Muhammad Yusuf ijodining özbek adabiyotidagi örni, uning şeʼriyatida mujassam bölgan yurtga muhabbat, insonparvarlik va samimiy tuyğularning yoş avlod tarbiyasidagi ahamiyatini alohida taʼkidlab ötdi.
Adabiy keçaning asosiy maqsadi — buyuk şoir ijodini keng tarğib qiliş, uning betakror şeʼrlari orqali talaba-yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak maʼnaviy fazilatlarni mustahkamlaşdan iborat böldi.
Tadbir davomida talaba-yoşlar tomonidan Muhammad Yusuf qalamiga mansub sara şeʼrlar ifodali tarzda öqildi. Şoir şeʼrlariga bastalangan qöşiqlar ijrosi esa keçaga yanada kötarinki ruh va bayramona kayfiyat bağişladi. Tomoşabinlar ijroçilarning çiqişlarini iliq kutib oldilar va qizğin olqişlar bilan qöllab-quvvatladilar.
Şuningdek, tadbirda iştirok etgan ustoz-murabbiylar Muhammad Yusuf ijodining badiiy xususiyatlari, uning sodda va xalqona uslubi hamda şeʼrlarda aks etgan yuksak ğoyalar haqida atrofliça fikr bildirdilar. Taʼkidlanganidek, şoir asarlarida Vatanga sadoqat, ona yurtga mehr va ezgulik ğoyalari yetakçi örinda turadi.
Mazkur tadbir talabalarning badiiy-estetik dunyoqaraşini kengaytiriş, ularni milliy adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda ijodkorlik salohiyatini rivojlantirişga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





