
Qöqon davlat universiteti Texnologik taʼlim va kutubxonaşunoslik kafedrasi professor-öqituvçilari Farğona viloyati Furqat tumanidagi “Furqat tumani milliy hunarmandçilikka ixtisoslaştirilgan maktab-internati”ga taşrif buyurdi. Mazkur taʼlim maskaniga Özbekiston Qahramoni kökrak nişoni sohibi, Özbekiston xalq ustasi, Turon fanlar akademiyasi akademigi Muhammadali Yunusov tomonidan asos solingan.
Taşrif davomida kafedra professor-öqituvçilari maktab-internat faoliyati, öquvçi-yoşlarga yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim va amaliy maşğulot jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. Öquvçilar bilan oçiq muloqot va davra suhbati taşkil etilib, milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş, yoşlarning kasb-hunar könikmalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv jarayonida tomonlar örtasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va rivojlantiriş istiqbollari ham atrofliça körib çiqildi. Jumladan, talabalarning amaliyot ötaşi, mahorat darslarini taşkil etiş, qöşma ilmiy-uslubiy loyihalarni amalga oşiriş hamda hunarmandçilik yönalişida öquv-uslubiy taʼminotni boyitiş yuzasidan takliflar bildirildi.
Şuningdek, kafedra professor-öqituvçilari tomonidan çop etilgan darsliklar, öquv qöllanmalar va öquv-uslubiy adabiyotlar maktab-internat kutubxonasiga sovğa qilindi. Bu esa öquvçilarning nazariy bilimlarini mustahkamlaşda muhim manba bölib xizmat qilişi taʼkidlandi.
Taşrif davomida ustaning yoğoç öymakorligi sanʼati bilan ham yaqindan tanişildi. Mehmonlar ustaxona faoliyati, ijodiy jarayon va tayyorlanayotgan buyumlar bilan tanişib, milliy hunarmandçilikning nozik jihatlari hamda uni yoş avlodga örgatiş borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak baholadilar.
Mazkur taşrif taʼlim va amaliyot integratsiyasini kuçaytiriş, milliy hunarmandçilik anʼanalarini ilmiy-uslubiy asosda rivojlantiriş hamda özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş yölida muhim qadam böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…