
Qöqon davlat universitetining San’at va sport fakultetida “Özbekiston kulolçilik maktablarining öziga xos tomonlari va ularning ilmiy ahamiyati” mavzusiga bağişlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Anjuman milliy san’atimizning fidoiy ixlosmandlari, yetakçi olimlar, tadqiqotçilar hamda moxir usta-kulollarni bir davraga jamladi.
Konferentsiya davomida özbek kulolçilik san’atining köp asrlik tarixiy ildizlari, turli hududlarda şakllangan öziga xos maktablar va ularning rivojlaniş bosqiçlari çuqur tahlil etildi. Ayniqsa, har bir hudud kulolçiligiga xos bölgan takrorlanmas naqş kompozitsiyalari, rango-rang bezak uslublari hamda ularning badiiy-estetik jozibasi haqida atrofliça söz yuritildi.
Iştirokçilar asrlar sinovidan ötgan milliy hunarmandçilik an’analarini şunçaki saqlab qoliş kifoya qilmasligini, balki ularni bugungi davr talablaridan kelib çiqib, zamonaviy innovatsiyalar va ilğor texnologiyalar bilan uyğun holda rivojlantiriş zarurligini alohida ta’kidladilar.
Konferensiya doirasida taşkil etilgan törtta şöbada kulolçilik san’atining tarixiy va nazariy poydevori, hududiy kulolçilik maktablarining öziga xos badiiy xususiyatlari, hunarmandçilik merosini muhofaza qiliş va asrab-avaylaş, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalardan samarali foydalaniş istiqbollarini tahlil etdi.
Uşbu ilmiy-amaliy anjuman şunçaki maruzalar tinglanadigan tadbir emas, balki boy madaniy merosimizni çuqur tadqiq etiş, sohaviy izlanişlarni birlaştiriş hamda an’anaviy hunarmandçilikka yangi hayotiy kuç bağişlaşga xizmat qiladigan muloqot va ilmiy hamkorlik maydoniga aylandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…







