
Qöqon davlat universiteti Çolğu ijroçiligi kafedrasi hamda Qirğiziston Respublikasining Qirğiz–Turk Manas universiteti hamkorligida “Çolğu ijroçiligi integratsiyasi (özbek–turk–qirğiz milliy çolğulari misolida)” mavzusida xalqaro vebinar taşkil etildi.
Tadbirda ikkala oliy taʼlim muassasasi professor-öqituvçilari, magistrantlar va talabalarning faol iştiroki taʼminlandi. Vebinar davomida turli xalqlarning milliy çolğulari, ularning kelib çiqiş tarixi, ijroçilik uslubi va musiqiy madaniyatdagi örni haqida ilmiy maʼruzalar tinglandi.
Şuningdek, özbek, turk va qirğiz xalqlarining musiqiy anʼanalari, çolğu asboblarining öziga xos tovuşi hamda ijro uslublarining öxşaş va farqli jihatlari yuzasidan fikr almaşildi. Iştirokçilar xalq ijodiy merosini asrab-avaylaş, yoş avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş va ijroçilik sanʼatini rivojlantiriş borasida öz takliflarini ilgari surdilar.
Vebinar jarayonida professor-öqituvçilar hamda talabalar tomonidan milliy çolğularda jonli ijrolar taqdim etilib, turli madaniy çiqişlar orqali xalq musiqasining gözalligi va boy anʼanalari namoyiş etildi.
Tadbir yakunida tomonlar ijroçilik sanʼatini rivojlantiriş, milliy musiqiy qadriyatlarni örganiş va bu yönalişda qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça özaro hamkorlikni yanada kuçaytiriş istagini bildirdilar.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








