
Xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş, taʼlim va ilm-fan sohasida özaro tajriba almaşişni mustahkamlaş maqsadida Qöqon davlat universiteti delegatsiyasi Qozoğistonning Abilayxon nomidagi universitetga rasmiy taşrif bilan bordi. Mazkur taşrif mezbon oliygohning rasmiy veb-saytida ham alohida xabar sifatida eʼlon qilindi.
Delegatsiyaga Qöqon davlat universitetining xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Nigora Qodirova boşçilik qildi. Taşrif doirasida Abilayxon nomidagi universitet Boşqaruv raisi vazifasini bajaruvçi – rektor Dana Kunambayeva bilan rasmiy uçraşuv taşkil etildi.
Muloqot çoğida ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida istiqbolli hamkorlik yönalişlari atrofliça muhokama qilindi. Xususan, quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
- zamonaviy talablarga mos qöşma taʼlim dasturlarini işlab çiqiş va yölga qöyiş;
- magistrantlar uçun akademik mobillik va xalqaro stajirovka dasturlarini amalga oşiriş;
- professor-öqituvçilar tarkibi uçun malaka oşiriş kurslari, ilmiy seminar va treninglar taşkil etiş.
Tomonlar taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş hamda talabalar va öqituvçilarning xalqaro maydondagi faolligini kuçaytiriş borasida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uçraşuv yakunida ikki universitet örtasida hamkorlik töğrisidagi Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida qöşma loyihalar, ilmiy izlanişlar va taʼlim dasturlarini amalga oşiriş uçun mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qiladi.
Uşbu taşrif Qöqon davlat universitetining xalqaro aloqalarni kengaytiriş, taʼlim makonida munosib örin egallaş yölidagi muhim qadamlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…
