
Bugungi kunda yoşlarning oilaviy hayotga, farzand tarbiyasiga va ijtimoiy masʼuliyatga ongli yondaşuvi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sanaladi. Şu maqsadda Qöqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida ham “Masʼuliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening taşkil etildi.
Tadbirda fakultet dekani Nigoraxon Erkaboyeva, Qöqon davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi Barnoxon Xasanova, universitet psixologi Nargizaxon Xöjanazarova, fakultet xotin-qizlar masalalari böyiça dekan maslahatçisi Xurşidaxon Raximova, dekan örinbosari Dilafruzxon Raxmatullayeva, tyutor ustozlar hamda talaba qizlar iştirok etişdi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi — yoşlarni kelgusida oila quriş, farzand tarbiyasi, özaro hurmat, mehr-oqibat va masʼuliyat kabi qadriyatlarga ongli munosabatda bölişga yönaltirişdan iborat böldi.
Tadbir davomida iştirokçilar “masʼuliyatli ota-onalik” tuşunçasining mohiyati, uning psixologik va ijtimoiy ahamiyati xususida fikr almaşdilar. Guruhli maşğulotlar, interfaol savol-javoblar hamda sahna körinişlari orqali talabalarning fikrlaş, tahlil qiliş va öz nuqtayi nazarini himoya qiliş könikmalari mustahkamlandi.
Fakultet xotin-qizlar masalalari böyiça dekan maslahatçisi Xurşidaxon Raximova öz çiqişida quyidagi fikrni bildirdi:
“Masʼuliyatli ota-onalik — bu faqat farzandni boqiş emas, balki unga töğri yöl körsatiş, mehr, eʼtibor va şaxsiy namuna orqali tarbiya berişdir. Har bir yoş bugundan özida şu masʼuliyatni his etişni boşlaşi zarur.”
Mazkur tadbir yoşlar orasida ijtimoiy masʼuliyatni oşiriş, oila qadriyatlariga hurmat va kelajakdagi ota-onalik madaniyatini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





