
Bugun, 24-noyabr kuni “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida yurtimizning taniqli ijodkorlari — şoira, jurnalist, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Döstlik” ordeni sohibasi, filologiya fanlari nomzodi, professor Zulfiya Möminova hamda şoira, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Oygul Ubaydulla qizi Qöqon davlat universitetida mehmon böldi.
Mehmonlarni universitet birinçi prorektori Ahmadjon Husanov boşçiligidagi bir guruh ijodkor talabalar samimiy kutib oldi. Uçraşuv davomida loyihaning bugungi kundagi dolzarbligi, adabiyot va badiiy ijodning ahamiyati, yoşlar hayotida kitobxonlikning tutgan örni xususida fikr yuritildi. Talabalarda mutolaa madaniyatini şakllantiriş, ularning ilmga bölgan qiziqişini oşiriş borasidagi taşabbuslar muhokama qilindi.
Şundan söng ustoz ijodkorlar tomonidan universitet hududida manzarali daraxtlar ekildi. Uşbu ekotadbir nafaqat ekologik, balki ramziy maʼnoga ham ega bölib, maʼrifat va ezgulikning davomiyligini ifodaladi.
Loyiha doirasidagi navbatdagi maʼrifiy uçraşuv Qöqon şahar 25-son maktabida taşkil etildi. Tadbirda Zulfiya Möminova va Oygul Ubaydulla qizi öquvçilar bilan suhbatlaşib, ularning maʼnaviy kamoloti, intellektual salohiyati va mustaqil fikrlaşini şakllantirişda kitob va ilmning örni haqida öz fikrlarini bildirdilar.
Uçraşuv mobaynida öquvçilar ijodkorlarga öz savollarini yölladilar, ijodiy işlari bilan taniştirdilar. Şuningdek, sahna körinişlarini ijro etib, öz isteʼdodlarini namoyiş etdilar. Tadbir iliq, samimiy va mazmunli ruhda davom etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








