
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi taşabbusi bilan talaba-yoşlar örtasida atoqli adib va mutafakkirlarimizning boy ijodiy merosini keng tarğib etiş, yoşlar qalbida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlaş, badiiy tafakkur va sahna mahoratini rivojlantiriş maqsadida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Maʼrifat maydoni” Respublika körik-tanlovining Farğona viloyat bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur tanlov nafaqat ijodiy bellaşuv, balki çin maʼnoda maʼnaviyat bayramiga aylandi. Unda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari öz jamoalari bilan iştirok etib, özbek adabiyotining durdona asarlari asosida sahna körinişlari, adabiy-badiiy kompozitsiyalar va dramatik çiqişlarni namoyiş etdilar. Har bir jamoaning çiqişida obrazlar talqini, sahna madaniyati, nutq ravonligi, ğoyaviy yondaşuv hamda ijodiy topqirlik alohida eʼtibor markazida böldi.
Tanlov jarayonlari oçiq va şaffof mezonlar asosida baholanib, hakamlar hayʼati tomonidan iştirokçilarning badiiy saviyasi, sahnadagi erkinligi, jamoaviy uyğunligi va tomoşabinga taʼsir kuçi sinçiklab tahlil qilindi. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik ğoyalarini çuqur ifodalagan çiqişlar yuqori baholandi.
Viloyat bosqiçida Qöqon davlat universitetining iqtidorli talabalari tomonidan taşkil etilgan “Köhinur” jamoasi munosib iştirok etib, yakunda faxrli 2-örinni qölga kiritdi. Jamoaning har bir çiqişi puxta ssenariy, sahna bezagi va obrazlar ustida jiddiy işlanganini yaqqol namoyon etdi. Talabalarning ijodiy yondaşuvi, matnni his etib ijro etişi hamda sahnadagi tabiiyligi tomoşabinlar qalbidan joy oldi.
Tanlov doirasida jamoa aʼzolarining individual mahorati ham eʼtirof etildi. Xususan, Feruza Abdusamatova obrazni çuqur talqin etişi, his-tuyğularni nozik ifodalaşi va sahnadagi işonarli ijrosi uçun “Eng yaxşi ayol rol ijroçisi” nominatsiyasiga sazovor böldi. Dilhayotjon Sotiboldiyev esa sahnadagi dadilligi, obrazga kiriş mahorati va taʼsirçan nutqi bilan ajralib turib, “Eng yaxşi erkak rol ijroçisi” nominatsiyasida ğolib deb topildi.
“Maʼrifat maydoni” körik-tanlovi yoşlarning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni milliy adabiyotimiz ruhida tarbiyalaş, maʼnaviy immunitetini mustahkamlaş hamda yuksak estetik didni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…






