
Bugun, 15-avgust kuni Turon madaniyat uyida Qöqon davlat universiteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarga magistr darajasi diplomlarini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, magistrantlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari iştirok etdi. Marosimda ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan magistrantlarning erişgan natijalari, ilmiy izlanişlari va kelgusidagi faoliyati haqida fikrlar bildirildi.
Ta’kidlaş joizki, 2025/2026-öquv yilida Qöqon davlat universitetining 31 ta mutaxassisligi böyiça jami 260 nafar magistrant öqişni muvaffaqiyatli tamomladi.
Diplom topşiriş marosimida universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov iştirok etib, bitiruvçilarni magistratura bosqiçini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy muborakbod etdi. U öz sözida magistrlik davrida egallangan nazariy bilim va amaliy könikmalar kelgusidagi ilmiy, pedagogik hamda professional faoliyatda muhim poydevor bölib xizmat qilişini ta’kidladi.
Şuningdek, bitiruvçilarga mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qöşiş, öz kasbiga sadoqat bilan yondaşiş, zamonaviy bilim va könikmalarni muntazam ravişda rivojlantirib boriş yuzasidan ezgu tilaklar bildirildi.
Magistratura bosqiçini tamomlagan 260 nafar mutaxassis uçun bugungi kun hayotidagi muhim bosqiçlardan birini boşlab berdi. Ularning har biri öz mutaxassisligi böyiça olgan bilimlarini amaliyotda qöllaşi, ilmiy izlanişlarini davom ettirişi hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qöşişi kutilmoqda.
Qöqon davlat universiteti jamoasi barça bitiruvçilarni uşbu unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Ularga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, ilmiy va kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar, mustahkam iroda va yorqin istiqbol tilaydi!
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








