
Qöqon davlat universiteti Magistratura bölimida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Namangan bölinmasining yetakçi olimlari iştirokida ilmiy-amaliy seminar taşkil etildi. Mazkur seminar yoş tadqiqotçilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etiş, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlaş hamda zamonaviy ilmiy yönalişlar bilan yaqindan taniştirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Seminarda universitetning Magistratura bölimi, Matematika kafedrasi professor-öqituvçilari, “Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodikasi (matematika)” mutaxassisligi hamda boşqa turdoş yönalişlarda tahsil olayotgan magistrantlar faol iştirok etdi.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Namangan bölinmasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Muzaffar Raxmatullayev sözga çiqib, bugungi kunda matematika va unga tutaş yönalişlarda olib borilayotgan ilmiy izlanişlar, ularning ustuvor yönalişlari hamda amaliy ahamiyati haqida atrofliça maʼlumot berdi. Şuningdek, u mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirişga qaratilayotgan davlat siyosati, yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, grant va loyihalar tizimi haqida ham töxtalib ötdi.
Seminarda fizika-matematika fanlari nomzodi, akademiya katta ilmiy xodimi Iskandar Sattorov ham öz maʼruzasi bilan iştirok etib, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yönalişlari, innovatsion işlanmalarni yaratiş hamda ularni amaliyotga joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. U, ayniqsa, ilmiy natijalarni işlab çiqariş jarayonlariga integratsiya qiliş, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş va ilğor tajribalarni örganiş zarurligini taʼkidladi.
Şuningdek, seminar davomida matematika fanining bugungi kundagi dolzarb muammolari, ularni hal etiş yöllari, ilmiy izlanişlarda zamonaviy yondaşuvlardan foydalaniş, raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etiş kabi masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Seminar interaktiv ruhda ötib, magistrantlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan faol iştirok etdilar. Ular ilmiy tadqiqot olib boriş metodologiyasi, ilmiy maqolalar tayyorlaş, xalqaro jurnallarda çop etiş talablari, şuningdek, doktorantura bosqiçiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan yetakçi olimlardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida taʼkidlanganidek, bunday ilmiy uçraşuvlar yoşlarning ilm-fanga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularning ilmiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda kelgusida yetuk mutaxassis va olimlar sifatida şakllanişida muhim omil bölib xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



