
Qöqon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida “Kuz neʼmatlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Tadbirda talabalar tomonidan kuz faslining gözalligi, mehnatsevarlik va möl-köllik timsoli sifatida badiiy çiqişlar, sahna körinişlari, milliy taomlar körgazmasi va xalq oğzaki ijodi namunalarining ijrosi namoyiş etildi. Barça çiqişlar iştirokçilarda quvonç, faxr va milliy iftixor tuyğularini uygʻotdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoşlarning mehnatga hurmat, tabiat inʼomlariga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyğularini mustahkamlaş, estetik didini oşiriş va jamoaviylik ruhini kuçaytirişdan iborat böldi.
Tadbirda universitetning birinçi prorektori Ahmadjon Husanov hamda fakultet dekani Dilnoza Jamoliddinova sözga çiqib, talabalarni uşbu taşabbus uçun tabrikladilar. Ular “Kuz neʼmatlari” tadbiri yoşlarning ijodkorlik salohiyatini namoyon etiş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va ularga yangi maʼno baxş etiş yölidagi muhim qadam ekanini taʼkidladilar.
Şuningdek, talabalar öz şeʼr, qöşiq va teatr sahnalari orqali kuz faslining fayzu barakasi, ona zamin möl neʼmatlari hamda inson mehnatining yuksak qadrini ifoda etdilar. Tadbir yakunida faol iştirokçilar fakultet rahbariyati tomonidan faxriy diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir nafaqat madaniy hordiq, balki maʼnaviy tarbiya, ekologik tafakkur va milliy qadriyatlarni çuqur anglaşga yönaltirilgan dars sifatida ham katta ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








