
Milliy ğurur, mardlik va iroda timsoli bölgan kuraş — ajdodlarimizdan meros bebaho qadriyat. Unda nafaqat jismoniy kuç va mahorat, balki halollik, sabr-toqat va raqibga hurmat kabi fazilatlar ham mujassam. Bugun uşbu milliy sport turini yoşlar orasida keng tarğib etiş, iqtidorli sportçilarni kaşf qiliş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida Qöqon davlat universitetida kuraş böyiça Respublika turnirining universitet bosqiçi ötkazildi.
Musobaqa maydonida jam bölgan talaba-yoşlar belgilangan vazn toifalarida özaro kuç sinaşib, sport mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdilar. Xalqaro Kuraş Assotsiatsiyasining amaldagi qoidalari asosida taşkil etilgan bellaşuvlarda har bir iştirokçi ğalaba uçun bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etdi.
Keskin va murosasiz keçgan bahslar davomida polvonlar çaqqonlik, tezkorlik, puxta taktika hamda mustahkam iroda namunasini körsatdilar. Har bir olişuv esa kuraşning öziga xos jozibasi, milliy sportimizga xos mardlik va halollik tamoyillarini yana bir bor namoyon etdi.
Bellaşuvlar yakunida ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Universitet bosqiçida yuqori natijalarni qayd etgan sportçilar Respublika turnirining keyingi bosqiçida iştirok etiş uçun imkoniyatga ega böldilar.
Ta’kidlaş joizki, kuraş —xalqimizning boy tarixi, milliy özligi va ma’naviy qadriyatlarini özida mujassam etgan bebaho merosdir. Universitetda taşkil etilgan mazkur musobaqa talaba-yoşlarning sportga bölgan qiziqişini oşiriş, ularda ğalabaga intiliş va soğlom raqobat ruhini şakllantiriş bilan birga, milliy kuraşimiz nufuzini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








