
Qöqon davlat universitetida korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlangan tarğibot va maʼrifat işlari izçil davom etmoqda. Har yili mazkur yönalişda kompleks çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilişi natijasida taʼlim muassasasida huquqiy madaniyatni yuksaltiriş va korrupsiyaning oldini oliş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Joriy öquv yilida ham universitet xodimlari va professor-öqituvçilarning huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, taʼlim jarayonining barça bosqiçlarida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlab, ularning oldini oliş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Sanʼat va sport fakultetida ilk uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens nazorat” bölimi boşliği Mirzobek Mahmudov, fakultet dekani dotsent Jamşid Tojibayev, Registrator ofisi mutaxassislari, dekan örinbosarlari hamda professor-öqituvçilar iştirok etdilar.
Uçraşuvda korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi qonuniy meʼyorlar, korrupsion huquqbuzarliklarning oqibatlari, şuningdek, bunday illatlarning jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri haqida atrofliça fikrlar bildirildi. Sözga çiqqanlar taʼlim tizimida halollik va şaffoflikni taʼminlaş, xizmat vazifalarini bajarişda masʼuliyatni oşiriş, korrupsion xatti-harakatlarning oldini olişga qaratilgan taklif va taşabbuslarni ilgari surdilar.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi uçraşuvlar universitetning boşqa fakultetlarida ham reja asosida bosqiçma-bosqiç ötkazilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


