
Qöqon davlat universitetida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, ayniqsa talaba-yoşlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltiriş, mafkuraviy immunitetini mustahkamlaş, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuyğusi bilan yaşaydigan barkamol avlodni tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayni şu yönalişda Pedagogika va psixologiya fakultetida “Jaholatga qarşi maʼrifat” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbiri ötkazildi. Birinçi prorektor Ahmadjon Xusanov, fakultet rahbariyati hamda talabalar iştirokida bölib ötgan tadbirda dinşunoslik fanlar böyiça falsafa doktori Farrux Kuşbayev bugungi kunda globallaşuvning şiddatli tus olişi dunyo miqyosida ğoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olişiga zamin yaratayotganligini taʼkidlab ötdi.
Mana şunday bir şaroitda tinçlik, barqarorlikni saqlaşda maʼnaviyat va maʼrifatga eʼtibor qaratiş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezidentimiz qayd etganidek: “Biz maʼnaviyat va maʼrifat işini vatanparvarlik işi, vijdon işi, deb bilamiz. Vijdoni, maʼnaviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxşi köradi. Vijdon, maʼnaviyat degani – xalqqa, Vatanga çin yurakdan xizmat qiliş deganidir.
Tadbirda bugungi şiddatli globallaşuv şaroitida islom dini qadriyatlari, uning tinçlikparvarlik mohiyati, yoşlarni diniy bağrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularda islom diniga yot radikal qaraşlarga qarşi murosasizlik tuyğusini şakllantiriş va bunda Özbekiston tajribasi, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlaş yölidagi saʼy-harakatlari qatnaşçilarga yetkazildi.
Ayni paytda Özbekistonning “Jaholatga qarşi – maʼrifat” şioriga muvofiq ravişda islom dinining tinçlikparvarlik, bağrikenglik va maʼrifatparvarlik ğoyalarini tarqatişga, şu tariqa mamlakat, mintaqa va dunyo miqyosida radikalizm va ekstremizmga qarşi kuraşni kuçaytiriş, bu illatlarni tag-tomiri bilan yöq qilişga öz hissasini qöşişi taʼkidlab ötildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








