
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti talabalari örtasida ijodiy va ilmiy intellektni rivojlantirişga qaratilgan inşolar tanlovi bölib ötdi. Mazkur tanlov “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusida taşkil etilib, unda jami 47 nafar talabalar faol iştirok etdi.
Tanlovning asosiy maqsadi talabalarda milliy tarix va madaniyatga qiziqiş uyğotiş, mustaqillik ğoyalari va davlatçilik konsepsiyasini çuqurroq anglaş, şuningdek, yoşlarni mustaqil fikrlaş va ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişga undaşdan iborat edi.
Tanlov jarayonida talabalar öz inşolarida jadidlar harakatining maqsad va vazifalarini, milliy özlikni saqlaş va mustaqillikni qölga kiritişdagi hissasini batafsil yoritdilar. Har bir iştirokçi mavzuga öz talqinini olib kirib, tarixiy manbalar, misollar va şaxsiy fikrlar orqali salohiyatini namoyon etdi.
Tadbir davomida fakultet professor-öqituvçilari va mutaxassislar iştirokçilarning işlanmalarini eʼtibordan çetda qoldirmay, har bir inşoni tahlil qilib, muhim ilmiy va maʼnaviy jihatlarni alohida taʼkidlaşdi. Şu bilan birga, yoşlarning mustaqil fikrlaş qobiliyati, ijodiy yondaşuvi va argumentatsiya könikmalari baholandi.
Tanlov yakunida eng munosib işlanmalarga ega bölgan talabalar quyidagi tartibda taqdirlandilar:
- 1-örin – Tölqinova Xusnida
- 2-örin – Omonova Fazilatxon
- 3-örin – Toşpölatova Sevinçxon
Şuningdek, iştirokçilar barça işlanmalardan foydali tajriba olganliklarini, öz bilimlarini boyitganliklarini taʼkidlaşdi.
Mazkur tadbir talaba-yoşlar ongida milliy özlik va mustaqillik ğoyalarini yanada çuqurroq anglaş, ularni ilmiy izlanişlarga, tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarni örganişga yönaltirişga xizmat qilgan muhim maʼrifiy uçraşuvlardan biri böldi.
Talabalar va professor-öqituvçilar bunday tanlovlarning muntazam taşkil etilişi yoşlarning ijodiy va intellektual salohiyatini oşiriş, milliy va tarixiy bilimlarni rivojlantirişda muhim omil ekanligini alohida taʼkidlaşdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



