
Qöqon davlat universitetida dolzarb mavzuga bağişlangan öquv seminari ötkazildi
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qiliş kuni munosabati bilan Qöqon davlat universitetida muhim va dolzarb mavzuga bağişlangan öquv seminari bölib ötdi. “Soğlom psixologik ijtimoiy muhitni taʼminlaylik” şiori ostida taşkil etilgan uşbu tadbirda Farğona viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi hamda mehnat inspeksiyasi mutaxassislari iştirok etdi.
Seminarda mehnat inspeksiyasi inspektorlari — Dilmurod Qayumov va Saydullo Pölatov sözga çiqib, zamonaviy mehnat muhitida xavfsizlik va psixologik barqarorlikni taʼminlaş masalalari yuzasidan batafsil maʼruza qildilar. Ular öz çiqişlarida iş joylarida soğlom ijtimoiy-psixologik muhit yaratiş nafaqat xodimlar salomatligi, balki mehnat unumdorligini oşirişda ham muhim omil ekanini alohida taʼkidladilar.
Tadbir davomida iştirokçilarga mehnat qonunçiligi talablariga rioya qiliş, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, iş joylarida stress va ziddiyatlarning oldini oliş, şuningdek, xavfsiz mehnat şaroitlarini yaratiş böyiça amaliy tavsiyalar berildi. Ayniqsa, psixologik bosim, ortiqça yuklama va notöğri boşqaruv uslublarining salbiy oqibatlari haqida atrofliça fikr yuritildi.
Maʼlumki, BMT taşabbusi bilan joriy etilgan uşbu sana butun dunyoda mehnat xavfsizligi va soğliqni muhofaza qiliş madaniyatini oşirişga xizmat qiladi. Har yili uşbu kun doirasida ötkaziladigan tadbirlar orqali iş joylarida yuz berişi mumkin bölgan baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar hamda turli xavf-xatarlarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar keng tarğib etiladi.
Seminar yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Oçiq muloqot tarzida ötgan tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, ularni mehnat jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarga nisbatan ongli va masʼuliyatli yondaşişga undadi.
Mutaxassislar fikriça, soğlom psixologik ijtimoiy muhitni şakllantiriş — bugungi kunda har bir taşkilot oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir. Zero, inson omiliga eʼtibor qaratilgan jamiyatdagina barqaror rivojlaniş va yuqori natijalarga erişiş mumkin.
Mazkur seminar esa ana şu ezgu maqsad yölida muhim qadam bölib, universitet jamoasida soğlom mehnat muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





