
Qöqon davlat universitetida talaba-yoşlar örtasida tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda irsiy kasalliklarning oldini oliş borasida bilim va tuşunçalarni mustahkamlaş maqsadida “Irsiy kasalliklar va ularning oldini oliş” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Mazkur tadbirda professor-öqituvçilar, talaba-yoşlar hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari iştirok etib, irsiy kasalliklarning inson salomatligiga taʼsiri, ularning kelib çiqiş omillari va profilaktikasi yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan irsiy kasalliklarning nasldan naslga ötiş xususiyatlari, ularni erta bosqiçda aniqlaşning ahamiyati hamda zamonaviy tibbiyotda qöllanilayotgan diagnostika usullari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Şuningdek, soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, töğri ovqatlaniş, zararli odatlardan voz keçiş, muntazam tibbiy köriklardan ötib turiş va oilaviy salomatlikni asraş soğlom avlodni voyaga yetkazişdagi eng muhim omillardan biri ekani alohida taʼkidlandi.
Mutaxassislar öz maʼruzalarida nikohdan oldingi tibbiy köriklarning ahamiyati, irsiy xastaliklarning oldini olişda tibbiy maslahatlarning örni hamda aholining tibbiy savodxonligini oşiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdilar. Tadbirda yoşlarga öz salomatligiga masʼuliyat bilan yondaşiş, soğlom turmuş tamoyillariga amal qiliş hamda kelajak avlod salomatligini asraş har bir insonning muhim burçi ekani haqida tavsiyalar berildi.
Tadbirning savol-javob qismida talabalar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilib, irsiy kasalliklarning oldini oliş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va tibbiy profilaktika çoralariga oid batafsil javoblar oldilar.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir talaba-yoşlarning tibbiy bilim va könikmalarini mustahkamlaş, ular orasida soğlom hayot tarzini tarğib qiliş hamda jamiyatda soğlom avlodni şakllantiriş borasidagi muhim taşabbuslardan biri böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








