
Bugun Qöqon davlat universitetida 2026-yil uçun doktorantura, tayanç doktorantura hamda mustaqil tadqiqotçilik yönalişlariga kiriş imtihonlari boşlandi.
Oliy öquv yurtidan keyingi taʼlim bosqiçlarida öqişni davom ettiriş istagini bildirgan 156 nafar nomzod uşbu jarayonda iştirok etmoqda.
Universitet tomonidan 20 ta ixtisoslik böyiça qabul eʼlon qilingan bölib, ular uçun 66 ta kvota ajratilgan. Nomzodlar öz sohalari böyiça ilmiy izlanişlar olib boriş, malakasini oşiriş va keyingi ilmiy bosqiçlarga yöllanma oliş imkoniyatiga ega böladilar. Kiriş imtihonlari joriy yilning 22-noyabrigaça davom etişi belgilangan.
Imtihon jarayonlarining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş maqsadida barça sinovlar Qöqon davlat universitetining YouTube sahifasi orqali real vaqt rejimida onlayn translyatsiya qilinmoqda. Bu esa jarayonda iştirok etayotgan nomzodlar hamda ularning ilmiy rahbarlari, taʼlim muassasalari vakillari uçun imtihonlarni bevosita kuzatiş imkoniyatini yaratadi.
Kiriş sinovlari oğzaki suhbat şaklida ötkazilib, unda nomzodlarning ilmiy yondaşuvi, tanlagan yönaliş böyiça nazariy bilimlari, yangiça fikrlaşi, ilmiy takliflari va izlanuvçanlik könikmalari baholanadi.
Qöqon davlat universiteti özida yetişib kelayotgan yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş, ilmiy muhitni yanada rivojlantiriş hamda xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda. Şu bois oliy öquv yurtidan keyingi taʼlim bosqiçiga qabul jarayonlari nafaqat intellektual raqobat, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiluvçi muhim bosqiç sifatida eʼtirof etilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


