
Qöqon davlat universiteti hamda umumtaʼlim maktablari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, öquvçilarning ilm-fan va kasb-hunarga bölgan qiziqişini oşiriş, şuningdek, bitiruvçilarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş kölamini kengaytiriş maqsadida universitetning Aniq fanlar va muhandislik fakultetida maktab bitiruvçilari uçun “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur tadbirda hududdagi umumtaʼlim maktablarining bitiruvçi sinf öquvçilari, pedagoglar hamda universitet professor-öqituvçilari faol iştirok etdilar. Tadbir doirasida iştirokçilarga Qöqon davlat universitetida mavjud taʼlim yönalişlari, fakultet va kafedralar faoliyati, taʼlim jarayonining mazmun-mohiyati, şuningdek, professor-öqituvçilar tarkibining ilmiy salohiyati haqida atrofliça maʼlumotlar taqdim etildi.
Şuningdek, tadbir davomida universitetda talabalar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar, ilğor ilmiy laboratoriyalar, innovatsion işlanmalar va loyihalar, raqamli taʼlim texnologiyalari asosida olib borilayotgan dars jarayonlari keng yoritildi. Iştirokçilar öquv binolari, auditoriyalar hamda laboratoriyalar bilan bevosita tanişiş imkoniga ega böldilar.
“Oçiq eşiklar kuni” doirasida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar va professor-öqituvçilar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Ularga tanlagan yönalişlari böyiça kasbiy yöl-yöriqlar berilib, kelajak rejalari yuzasidan foydali tavsiyalar bildirildi.
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, bunday uçraşuvlar yoşlarning kasb tanlaş jarayonida ongli qaror qabul qilişiga, öz qiziqiş va qobiliyatlarini töğri baholaşiga xizmat qiladi. Ayniqsa, oliy taʼlim muassasasi muhitini bevosita his etiş imkoniyati öquvçilarning motivatsiyasini sezilarli darajada oşiradi.
Xulosa örnida aytiş joizki, mazkur tadbir öquvçilarni oliy taʼlim muhitiga yanada yaqinlaştiriş, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunar egallaşga ruhlantiriş, şuningdek, kelajakda muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga yönaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








