
Ustoz — inson qalbiga ma’rifat ziyo soçuvçi, yoş köngillarda hayot saboqlarini muhrlovçi muqaddas va uluğ zot. Uning har bir zahmatli kuni, fidokorona mehnati va çekkan maşaqqatlari ortida minglab şogirdlarning porloq kelajagi, ulkan zafarlari hamda orzulari böy körsatadi.
1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qöqon davlat universitetining barça fakultetlarida ustozlarga bölgan çeksiz ehtirom va samimiy muhabbatni ifodalovçi ma’naviy-ma’rifiy hamda adabiy-badiiy bayram tadbirlari zör kötarinkilik va özgaça şukuh bilan ötkazildi.
Tadbirlar avvalida ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar, ezgu istaklar bildirildi. Ularning ta’lim-tarbiya, ilm-fan va yoşlar kamolotiga qöşayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Zero, bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti uçun zarur bölgan bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli yoşlarni tarbiyalaşda professor-öqituvçilarning örni beqiyos.
Bayram dasturlaridan örin olgan kuy-qöşiqlar, şe’rlar, sahna körinişlari, raqslar hamda badiiy çiqişlar tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Talabalar tomonidan ustozlarga bağişlab ijro etilgan dil sözlari, samimiy tabriklar va badiiy çiqişlarda ustozga bölgan çeksiz hurmat va minnatdorlik öz ifodasini topdi.
Ayniqsa, bayram tadbirlarida ustoz va şogird an’analarining davomiyligi, avlodlar örtasidagi ma’naviy riştalar va ta’lim dargohidagi samimiy muhit yaqqol namoyon böldi.
Har bir fakultet jamoasi özining ijodiy yondaşuvi, rang-barang dasturi va öziga xos sahna körinişlari bilan bayramga munosib hissa qöşdi.
Tadbirlar davomida universitetda köp yillar davomida samarali mehnat qilib, yoş avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan ustozlarning zahmatlari, ilmiy-pedagogik faoliyati va fidoyiligi alohida ta’kidlandi.
Zero, ustozning eng katta mukofoti — uning şogirdi erişgan yutuq. Bugun Qöqon davlat universitetida tahsil olayotgan minglab yoşlarning har bir muvaffaqiyati zamirida fidoyi professor-öqituvçilarning maşaqqatli mehnati bor.
Bayram tadbirlari nafaqat ustozlarni qutlaş, balki ularning jamiyat va kelajak avlod oldidagi şarafli va mas’uliyatli mehnatini yana bir bor e’tirof etiş, ustoz-şogird an’analarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Bugun universitetda yangrayotgan samimiy tilaklar, bayram tabriklari va ezgu sözlar zamirida bir haqiqat mujassam: ustozga bölgan hurmat — ilmga, ma’rifatga va kelajakka bölgan hurmatdir.
Qöqon davlat universitetida ötkazilgan bayram tadbirlari ana şunday kötarinki ruhda davom etdi. Ustozlar e’zozlandi, ularning şarafli mehnatiga yuksak hurmat bajo keltirildi.
Ustozning sözi — yöl körsatuvçi çiroq, uning saboği — umr davomida hamroh böladigan bebaho xazina.
1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni muborak bölsin!
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








