
Bugun Qöqon davlat universitetida “Science and Technology” respublika ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ötkazildi. Mazkur ilmiy anjuman mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan magistrantlarning turli yönalişlardagi ilmiy izlanişlari, erişayotgan natijalari, taʼlim tizimi hamda işlab çiqariş sohalariga tatbiq etilişi mumkin bölgan ilğor ğoyalari va tajribalarini keng yoritiş, ilmiy muhokama qilişga xizmat qildi.
Tadbirning oçiliş qismida Qöqon davlat universiteti birinçi prorektori Ahmadjon Husanov sözga çiqib, magistrantlarning ilmiy salohiyati bugungi kunda taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytirişda muhim örin tutayotganini taʼkidladi. U zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti jarayonida yoş tadqiqotçilarning ijodiy qaraşlari, ilmiy tahlilga asoslangan taklif va ğoyalari istiqbolli loyihalarni şakllantirişda alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Konferensiya işida sözga çiqqanlar ilm-fan taraqqiyoti, innovatsion izlanişlarga bölgan ehtiyoj va magistrantlarning ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida töxtaldi.
Konferensiya doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan magistrantlar öz ilmiy işlanmalari, tadqiqot natijalari va metodik takliflarini taqdim etdi. Iştirokçilar taʼlim tizimiga zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, fanlar kesimida uçrayotgan dolzarb muammolarni hal etiş böyiça fikr almaşdi hamda kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan ilmiy hamkorlik yönalişlarini belgilab oldi.
Konferensiya 7ta şöba böyiça faoliyat olib bordi. Har bir şöbada magistrantlarning mustaqil ilmiy qaraşlari, yangi ğoyalari, ilmiy-amaliy takliflari tinglandi. Mutaxassislar tomonidan ularning tadqiqot işlari yuzasidan tavsiyalar ham berildi. Konferensiya yakunida eng dolzarb, istiqbolli ilmiy işlanmalar alohida eʼtirof etildi.
Qöqon davlat universitetida ötkazilgan uşbu ilmiy-amaliy anjuman magistrantlar ilmiy salohiyatini röyobga çiqariş, innovatsion ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş hamda respublika miqyosida ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








