
Ijtimoiy tarmoqda fuqaro D. Ergaşeva tomonidan qizi — 60211100 — Aktyorlik sanʼati: musiqali teatr aktyorligi taʼlim yönalişi abituriyenti Komilaxon Ozodbekovaning 2026/2027 öquv yili qabulidagi natijalari yuzasidan bildirilgan eʼtiroz Qöqon davlat universiteti tomonidan örganib çiqildi.
Örganiş natijasida quyidagilar aniqlandi:
1. Mazkur taʼlim yönalişi böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonda jami 6 nafar abituriyent iştirok etgan. Komilaxon Ozodbekova kasbiy (ijodiy) imtihonda maksimal 156 balldan 123 ball töplagan va iştirokçilar orasida eng yuqori natijani qayd etgan.
2. Bu holat ijodiy imtihon komissiyasi tomonidan abituriyentga nisbatan ataylab past ball qöyilgani yoki boşqa iştirokçilarga taniş-bilişçilik asosida ustunlik berilgani haqidagi vajlarni tasdiqlamaydi. Aksinça, komissiya abituriyentning ijodiy qobiliyatini boşqa iştirokçilarga nisbatan yuqori baholagan.
3. Abituriyentning umumiy tanlov natijasi faqat kasbiy (ijodiy) imtihon ballidan iborat emas. U test sinovlarida maksimal 33 balldan 13 ball töplagan. Şu sababli kasbiy imtihondagi yuqori natijaga qaramasdan, uning umumiy balli davlat granti uçun respublika miqyosida şakllangan ötiş çegarasiga yetmagan.
4. Davlat granti örinlari alohida oliy taʼlim taşkiloti doirasida emas, balki tegişli taʼlim yönalişi böyiça respublika miqyosida abituriyentlar töplagan umumiy ballarning qatʼiy ketma-ketligi asosida taqsimlanadi. Mazkur yönaliş böyiça Qöqon davlat universitetiga hujjat topşirgan abituriyentlarning birortasi ham respublika miqyosidagi grant çegarasiga yetmagan. Grant örinlarini boşqa, jumladan madaniyat va sanʼat sohasiga ixtisoslaştirilgan oliy taʼlim taşkilotlariga hujjat topşirgan va yuqoriroq umumiy ball töplagan abituriyentlar egallagan.
5. Universitet yoki uning imtihon komissiyasi davlat granti örinlarini mustaqil ravişda ajratmaydi, köpaytirmaydi yoki muayyan abituriyentga taqdim etmaydi. Yakuniy natijalar markazlaştirilgan tanlov asosida şakllantiriladi.
6. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil iyul oyida ötkazilgan. Abituriyent yoki uning qonuniy vakili belgilangan muddatda imtihon natijasi yuzasidan apellyasiya şikoyati bermagan. Murojaat imtihonlar yakunlanganidan ança vaqt ötib, ijtimoiy tarmoq orqali bildirilgan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, kasbiy (ijodiy) imtihon komissiyasi abituriyentni ataylab past baholagani, boşqa iştirokçilarga taniş-bilişçilik asosida yuqori ball qöygani yoki uni davlat grantidan mahrum qilgani haqidagi daʼvolar mavjud rasmiy natijalar bilan tasdiqlanmadi.
Komilaxon Ozodbekova kasbiy imtihonda iştirokçilar orasida eng yuqori ballni olgan. Uning davlat granti asosida öqişga tavsiya etilmaganiga test sinovidagi natija hamda respublika miqyosidagi umumiy tanlov körsatkiçlari sabab bölgan.
Şu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqdagi murojaatda keltirilgan korrupsiya va taniş-bilişçilikka oid daʼvolarni tasdiqlovçi obyektiv maʼlumotlar aniqlanmaganini maʼlum qilamiz.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…