
Taʼlim sohasidagi islohotlar bugun nafaqat öquv jarayonini, balki talaba-yoşlarning şaxsiy rivojlanişi va ijtimoiy hayotdagi iştirokini ham qamrab olmoqda. Şu munosabat bilan, Qöqon davlat universitetida “Ijtimoiy faollik indeksi” platformasining mazmun-mohiyati va undan foydalaniş tartibiga bağişlangan keng qamrovli öquv-seminar taşkil etildi.
Tadbirda universitetning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Husanov, bölim boşliqlari, fakultet dekanlarining örinbosarlari, tyutorlar hamda soha mutasaddilari iştirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi — oliy taʼlim tizimida joriy etilayotgan yangi baholaş tizimini professor-öqituvçi va xodimlarga yetkaziş, talabalarning darsdan taşqari faoliyatini rağbatlantiriş mexanizmlarini tuşuntirişdan iborat böldi.
Öquv-seminar davomida taʼkidlanganidek, endilikda talabalarning salohiyati faqatgina darslardagi özlaştiriş körsatkiçlari bilan çeklanib qolmaydi. Universitet hayotida faol iştirok etayotgan, jamoat işlarida taşabbus körsatayotgan yoşlarning saʼy-harakatlari maxsus raqamli tizim — "Ijtimoiy faollik indeksi" orqali baholab boriladi. Bu tizim talabalarning har tomonlama yetuk kadr bölib yetişişlarida muhim omil bölib xizmat qiladi.
Yangi tartibga köra, ijtimoiy faollik indeksi uçun maksimal 20 ball berilişi belgilangan. Talabaning faoliyati 9 ta asosiy yönaliş böyiça, 100 ballik mezon asosida tahlil qilinadi.
Tizimdan foydalaniş tartibi foydalanuvçilar uçun maksimal darajada soddalaştirilgan. Talabalar my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasi orqali şaxsiy kabinetlariga kirib, “Ijtimoiy faollik” bölimini tanlaşlari kifoya. U yerda ariza yaratiş tugmasini bosiş orqali amalga oşirilgan işlar yoki erişilgan yutuqlarni tasdiqlovçi hujjatlar (diplom, sertifikat, fotosurat va boşqalar) tizimga yuklanadi.
Eʼtiborli jihati şundaki, kiritilgan barça maʼlumotlar şaffoflik tamoyili asosida universitet tyutorlari tomonidan körib çiqiladi va tasdiqlanadi. Talabaning darslardagi davomati va özlaştiriş natijalari esa HEMIS tizimi tomonidan avtomatik ravişda şakllantiriladi. Bu esa inson omilining aralaşuvini kamaytiradi va adolatli baholaşni taʼminlaydi.
Seminarda Ahmadjon Husanov sözga çiqib, uşbu tizim yoşlarni öz ustida işlaşga, jamiyat uçun foydali taşabbuslar bilan çiqişga undaşini qayd etdi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Mazkur yangilik nafaqat talabalar orasida soğlom raqobatni şakllantiradi, balki Qöqon davlat universitetining mamlakatimizdagi zamonaviy va ilğor oliygohlardan biri sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





