
Siz azizlarni Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik – xalqimizning azaliy orzu-umidlari röyobga çiqqan, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va tarixiy merosimizni asrab-avaylaş, mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi yölidagi eng muhim tayançimizdir.
Bugun yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, taʼlim-tarbiya, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida erişilayotgan yutuqlar barçamizning ezgu intilişlari samarasidir. Qöqon davlat universiteti ham uşbu islohotlarning faol iştirokçisiga aylanib bormoqda. Joriy yilda universitetimizda yangi öquv binolarining foydalanişga topşirilgani, xalqaro hamkorlik loyihalarining kengaygani, talabalarimizning respublika va xalqaro tanlovlarda qölga kiritgan yutuqlari, hamda ilmiy faoliyatda erişilgan sezilarli natijalar – barçamiz uçun quvonçli voqeadir.
Bu yutuqlarda siz, hurmatli professor-öqituvçilarimizning fidokorona mehnati, yoşlarmizning bilimga çanqoqligi va yuksak marralarga intilişi, şuningdek, jamoamizning jipsligi alohida örin tutadi.
Şu qutluğ ayyomda barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Mustaqil Özbekistonimizning yanada ravnaq topişi yölida birgalikda fidokorona xizmat qilişda bardavom bölaylik!
Bayram muborak, azizlar!
Dilnoza Xodjayeva, Qöqon davlat universiteti rektori
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…