
Yakunlanib borayotgan 2025-yil Qöqon davlat universiteti tarixida muhim bosqiç, keng kölamli islohotlar va salmoqli yutuqlar yili sifatida muhrlanmoqda. Uşbu yil davomida universitetimiz jamoasining fidokorona mehnati, ilmiy-intellektual salohiyati va jamoaviy birdamligi natijasida taʼlim, ilm-fan hamda xalqaro hamkorlik yönalişlarida sezilarli natijalarga erişildi.
Avvalo, taʼlim yönalişlarini kengaytiriş va mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlaş borasida muhim qadamlar qöyildi. 2025–2026-öquv yilidan boşlab 20 ta bakalavriat va 12 ta magistratura taʼlim yönalişlarining yangidan oçilişi yoşlarimiz uçun zamonaviy kasblarni egallaş, öz kelajagini puxta rejalaştirişda keng imkoniyatlar yaratdi. Taʼlim jarayonini samarali boşqariş va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida edu-department.kokandsu.uz raqamli platformasi işlab çiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Universitetda xalqaro taʼlim tajribasi izçil joriy etilib, iqtisodiyot, menejment va bank işi yönalişlarida öquv jarayonining töliq ingliz tilida olib borilişi yölga qöyildi. Öquv dasturlari jahonning nufuzli oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida yangilanib, taʼlim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
2025-yil ilm-fan va ilmiy salohiyatning yuksalişi bilan ham eʼtiborga molik böldi. Yil davomida 8 nafar professor-öqituvçi fan doktori (DSc), 58 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qölga kiritdi. Bugungi kunda universitetda 278 nafar fan doktori va falsafa doktori faoliyat yuritib, ilmiy salohiyat 44,4 foizga yetkazildi. Xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda yuzlab ilmiy maqolalar çop etildi, ixtiro va dasturiy mahsulotlar yaratildi, darslik va monografiyalar naşr etildi.
Xalqaro hamkorlik yönalişida ham muhim natijalarga erişildi. Yevropa va Osiyoning yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan 17 ta xalqaro memorandum imzolandi, Erasmus+ va boşqa grant dasturlari doirasida mablağlar jalb qilindi. Talabalar va professor-öqituvçilarning akademik mobilligi sezilarli darajada kengaydi, xorijiy professorlar va talabalar öquv jarayoniga jalb etildi.
Yangi yil arafasida universitetimiz ravnaqi yölida sidqidildan mehnat qilayotgan barça professor-öqituvçilar, xodimlar va talabalarimizga çuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning saʼy-harakatlaringiz, taşabbuskorligingiz va fidoyiligingiz Qöqon davlat universitetining nufuzini yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Kirib kelayotgan Yangi yil barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy fayz-u baraka, ilmiy va ijodiy zafarlar, yangi marralar olib kelsin. Jamoamiz kelgusi yilda ham yuksak maqsadlar sari yanada dadil qadam taşlaşiga işonaman.
Yangi yil muborak bölsin!
Hurmat bilan,
Dilnoza Xodjayeva
Qöqon davlat universiteti rektori
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…