
Qöqon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetida yoşlarning huquqiy bilimini oşiriş, huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hamda ularga zarur huquqiy maslahatlar berişga qaratilgan davra suhbati taşkil etildi. Mazkur tadbir yoşlar örtasida huquqiy ong va madaniyatni şakllantiriş, ularning jamiyatdagi örni va masʼuliyatini çuqur anglaşlariga kömaklaşiş maqsadini közladi.
Tadbirni fakultetning Yoşlar bilan işlaş böyiça dekan örinbosari Akmaljon Alikulov kiriş sözi bilan oçib, bugungi kunda huquqiy bilimlarning ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida taʼkidladi. U öz nutqida huquqiy savodxonlikni oşiriş har bir fuqaroning nafaqat huquq va erkinliklarini himoya qilişda, balki jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaşda muhim omil ekanini qayd etdi.
Davra suhbatida Fuqarolik işlari böyiça Qöqon tumanlararo sudi raisi Nodir Sulaymonov hamda sudya Umidjon Mirzayev iştirok etib, talabalarga huquqiy savodxonlikni oşiriş, amaldagi qonunçilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, qonunlarga hurmat bilan munosabatda böliş hamda fuqarolik masʼuliyatini his etiş borasida batafsil maʼlumotlar berdilar. Mutaxassislar öz çiqişlarida yoşlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, ularni turli huquqbuzarliklardan ogoh etiş, şuningdek, kundalik hayotda duç kelinadigan huquqiy masalalarni töğri hal etiş yöllari haqida amaliy tavsiyalar berdilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollar oçiq va samimiy muhitda muhokama qilinib, ularga mutaxassislar tomonidan aniq va batafsil javoblar taqdim etildi. Ayniqsa, yoşlar orasida tez-tez uçraydigan huquqiy muammolar, ularning oldini oliş çoralari hamda sud-huquq tizimi faoliyati yuzasidan berilgan tuşuntirişlar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Mazkur davra suhbati talaba-yoşlar ongida huquqiy madaniyatni şakllantiriş, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlaş hamda ularning faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Şu bilan birga, bunday tadbirlar yoşlarni huquqiy jihatdan savodli, ongli va masʼuliyatli şaxs sifatida kamol topişida muhim omil bölib xizmat qilişi alohida taʼkidlandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



