
Qöqon davlat universiteti giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşiş vazifalari ijrosini taʼminlaş maqsadida keng kölamli tizimli işlar olib borilmoqda.
Mazkur yönalişdagi tadbirlar doirasida Sanʼat va sport fakultetida “Giyohvandning qismati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan sahnalaştirilgan “TODA” nomli spektakl lavhasi tomoşabinlarda çuqur taassurot qoldirdi. Sahna asarida giyohvandlikka ruju qöyiş oqibatida inson salomatligi, ijtimoiy mavqei va oilaviy munosabatlari izdan çiqişi, şuningdek, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning ortişiga zamin yaratilişi badiiy vositalar orqali taʼsirçan yoritildi. Tomoşabinlar spektakl orqali illatning aççiq oqibatlari haqida yana bir bor muşohada yuritiş imkoniga ega böldilar.
Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi. Sözga çiqqanlar yoşlar ongida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, ularni zararli illatlardan asraşda bunday maʼrifiy tadbirlarning örni beqiyos ekanini alohida taʼkidladilar. Ijodkor talabalar faoliyati eʼtirof etilib, ularga kelgusi işlarida muvaffaqiyat tilandi.
Mutaxassislar qayd etganidek, giyohvandlik nafaqat şaxs salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi, balki uning ruhiy holati, mehnatga layoqati va ijtimoiy faolligini ham keskin pasaytiradi. Giyohvand moddalarni isteʼmol qiliş yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari hamda turli yuqumli xastaliklarning kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin. Eng açinarlisi, bu illat oilalar buzilişiga, yoşlarning jinoyat yöliga kirib qolişiga va jamiyatda ijtimoiy muhitning izdan çiqişiga olib keladi.
Şu bois, yoşlar örtasida giyohvandlikning oldini oliş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot işlarini izçil davom ettiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bölib qolmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



