
18–19-iyun kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoşlar – giyohvandlikka qarşimiz” respublika körik-tanlovi bölib ötdi. Yoşlarni giyohvandlik va boşqa zararli illatlardan asraş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda ularning ijodiy va intellektual salohiyatini röyobga çiqarişga qaratilgan mazkur tanlovning respublika bosqiçida mamlakatimizning turli hududlaridan taşrif buyurgan 30 ta oliy taʼlim muassasasi jamoalari iştirok etdi.
Tanlovning tantanali oçiliş marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov qatnaşib, iştirokçilarga muvaffaqiyat tilagan holda tadbirga rasman start berdi. Ikki kun davom etgan bellaşuvlarda jamoalar “Inşo yoziş”, “Rasm çiziş”, “Qisqa videorolik” hamda “Sahnaviy köriniş” yönalişlari böyiça özaro kuç sinaşdilar. Qöqon davlat universiteti jamoasi ham tanlovda faol qatnaşib, barça şartlarda öz bilim, isteʼdod va mahoratini namoyon etdi.
Xususan, inşo, rasm va videoroliklar orqali yoşlar giyohvandlikning inson salomatligi, oilalar farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, soğlom turmuş tarzining afzalliklari hamda yoşlarni zararli illatlardan asraş masalalarini keng yoritdilar. “Sahnaviy köriniş” şartida esa Qöqon davlat universiteti jamoasi tomonidan namoyiş etilgan “Sönggi puşaymon” sahna asari tomoşabinlar va hakamlar hayʼati eʼtiborini tortdi. Unda giyohvandlikning inson taqdiri, oilaviy munosabatlar va jamiyat hayotiga yetkazadigan oğir oqibatlari taʼsirçan badiiy vositalar orqali oçib berildi.
Tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi Surxondaryo viloyatidagi Sanʼat saroyida bölib ötdi. Unda Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Abdumalik Akramov, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori Anvar Absamatov, hamkor taşkilotlar vakillari, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar.
Yakuniy natijalarga köra, 1-örin Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Turun” jamoasiga, 2-örin Nukus davlat pedagogika institutining “Nur” jamoasiga nasib etdi. Buxoro davlat universitetining “Umid” jamoasi hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodçilar” jamoasi esa uçinçi örinni egalladi. Şuningdek, “Eng yaxşi inşo”, “Eng yaxşi rasm”, “Eng yaxşi videorolik”, “Eng yaxşi ayol roli” va “Eng yaxşi erkak roli” nominatsiyalari böyiça ham ğoliblar aniqlandi.
Tanlov ğoliblari diplom hamda mos ravişda 200 million, 150 million va 100 million söm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar böyiça ğolib deb topilgan iştirokçilarga esa qimmatbaho sovğalar topşirildi. Mazkur körik-tanlov yoşlarni giyohvandlikka qarşi kuraş ruhida tarbiyalaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib etiş borasidagi muhim taşabbuslardan biri sifatida yuksak ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








