
Qöqon davlat universitetida talaba-yoşlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, ularning maʼnaviy dunyoqaraşini kengaytiriş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida “Yoşlar — giyohvandlikka qarşimiz!” mavzusidagi inşolar tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi.
Mazkur tanlov yoşlar örtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida çuqur tuşunça hosil qiliş, soğlom hayot tarzini tarğib etiş hamda ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişga xizmat qildi. Iştirokçilar öz ijodiy işlarida jamiyatda soğlom muhitni yaratiş, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va zararli illatlarga qarşi kuraş mavzularini keng yoritdilar.
Tanlov yakunlariga köra, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti 1-bosqiç talabasi Axmadaliyeva Umidaxon 1-örinni, Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqiç talabasi Ziyobiddinova Şahodatxon 2-örinni, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti 2-bosqiç talabasi Sattaraliyeva Mohiçehra esa 3-örinni qölga kiritdi.
Bunday tanlovlar talabalarning ijodiy fikrlaşini rivojlantiriş, ularni mustaqil izlanişga yönaltiriş hamda maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, ğolib va faol iştirokçilarni rağbatlantiriş orqali yoşlar örtasida soğlom raqobat muhiti şakllantiriladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



