
Qöqon davlat universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasida özbek tili taʼlimini rivojlantirişda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş, öquv jarayonining sifatini oşiriş hamda taʼlimda innovatsion yondaşuvlarni joriy etiş masalalariga bağişlangan “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.
Tadbirda mamlakatimizning yetakçi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va taʼlim taşkilotlaridan professor-öqituvçilar, ilmiy izlanuvçilar hamda yoş olimlar iştirok etdilar. Anjumanda özbek tili taʼlimining bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş yöllari, şuningdek, taʼlim sifatini oşirişda raqamli texnologiyalarning örni haqida atrofliça fikr almaşildi.
Sözga çiqqan maʼruzaçilar özbek tilining nufuzi va xalqaro miqyosdagi mavqeini yuksaltiriş, uni xorijiy tillar bilan uyğun holda öqitiş, elektron öquv resurslarini yaratiş, ilğor pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etiş böyiça öz taklif va ğoyalarini bildirdilar.
Anjumanda taqdim etilgan ilmiy maʼruzalar özbek tili taʼlimining nazariy va amaliy jihatlarini yanada çuqurlaştiriş, filologiya fanlari sohasida yangi izlanişlar olib boriş hamda yoş olimlarni ilmiy faoliyatga jalb etiş yölida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida faol iştirokçilarga taşakkurnomalar topşirildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








