
Qöqon davlat universitetida “Filologiya, tarjimaşunoslik va xorijiy tillarni öqitişning zamonaviy yondaşuvlari hamda tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Mazkur anjuman filologiya, tarjimaşunoslik va xorijiy tillarni öqitiş sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion metodlar hamda zamonaviy yondaşuvlarni muhokama qiliş, ilmiy tajriba almaşiş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida taşkil etildi.
Konferensiyada respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, olimlar, tadqiqotçilar, doktorantlar hamda magistrantlar iştirok etdi. Anjuman davomida filologik tadqiqotlar metodologiyasi va zamonaviy yondaşuvlar, tarjimaşunoslik tarixida Şarq va Ğarb tajribasi, oğzaki va yozma tarjima nazariyasi hamda amaliyoti, xorijiy tillarni öqitişda zamonaviy metod va texnologiyalar yuzasidan maʼruzalar tinglanib, ilmiy fikr-mulohazalar almaşildi.
Tadbir doirasida iştirokçilar tomonidan dolzarb ilmiy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilib, filologiya va tarjimaşunoslik sohalarida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Konferensiya ilmiy va amaliy jihatdan samarali muloqot maydoniga aylandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








