
Boşlanğiç va texnologik taʼlim fakultetida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng qamrovli tarğibot tadbiri taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoşlar hamda professor-öqituvçilar örtasida favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş, xavfsizlik qoidalariga rioya etiş, şuningdek, fuqarolik muhofazasi böyiça bilim va könikmalarni yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarning turlari, ularning kelib çiqiş sabablari hamda bunday holatlarda amalga oşirilişi lozim bölgan amaliy harakatlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Şuningdek, yonğin, zilzila, texnogen avariyalar kabi holatlarda özini tutiş qoidalari misollar va hayotiy vaziyatlar asosida tuşuntirildi.
Tarğibot jarayonida talabalar uçun interaktiv savol-javoblar taşkil etilib, ularning mavzuga oid bilimlari sinovdan ötkazildi. Faol iştirok etgan talabalar rağbatlantirildi va ularga xavfsizlik böyiça eslatma materiallari tarqatildi.
Bunday tadbirlar yoşlarning fuqarolik masʼuliyatini oşiriş, ularni turli favqulodda vaziyatlarga tayyorlaş hamda xavfsiz hayot madaniyatini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


