
Bugun Farğona şahrida oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining bandligiga kömaklaşiş, ularni munosib iş örinlari bilan taʼminlaş hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiş maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb körgazmasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirni Farğona viloyati hokimi örinbosari Şerzodjon Polvonov, “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoşimov hamda Farğona davlat universiteti rektori Öktam Salomov kiriş sözi bilan oçib berişdi. Ular Toşkent va Samarqand şaharlaridan söng körgazmaning Farğonada ötkazilişi viloyat yoşlari uçun katta imkoniyat ekanini taʼkidlaşdi.
Şuningdek, oliy taʼlim muassasalarini bitirayotgan mutaxassislar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bandligini taʼminlaş va kelajakdagi kasbiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan izçil islohotlar haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Körgazma doirasida talaba-yoşlarning biznes ğoyalari va startap taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bir qator taqdimot va interaktiv tadbirlar bölib ötdi.
Tadbir doirasida “Özmilliybank” AJ tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi asosida oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining istiqbolli biznes loyihalarini moliyalaştiriş mexanizmlari taqdim etildi.
“TalabaExpo – 2025” körgazmasi bitiruvçilarga öz salohiyati va qiziqişlariga mos kasb tanlaş, mehnat bozorining real ehtiyojlari bilan yaqindan tanişiş, şuningdek iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş imkonini yaratmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…







