
Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oşiriş hamda iqtidorli talabalar va professor-öqituvçilarning ixtiroçilik faoliyatini har tomonlama rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, har bir yangi ğoya, ixtiro va innovatsion işlanma yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilişi şubhasiz. Ayni şu maqsadda, Qöqon davlat universitetida professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlarning ixtiroçilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga bağişlangan “Eng yaxşi oliy taʼlim ixtiroçisi” respublika tanlovining universitet bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
Tadbirni Qöqon davlat universiteti Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Şarifjon Pölatov kiriş sözi bilan oçib berdi. U öz nutqida universitetda ilm-fanga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ixtiroçi yoşlar va olimlar uçun yaratilgan keng şart-şaroitlar hamda innovatsion ğoyalarni amaliyotga tatbiq etişning dolzarb ahamiyati haqida töxtalib ötdi. Şuningdek, mazkur tanlov intellektual mulk egalarini aniqlaş va ularni rağbatlantirişda muhim poydevor bölişini alohida taʼkidladi.
Tanlov doirasida universitetning professor-öqituvçilari va talabalari tomonidan yaratilgan önlab noyob ixtirolar, innovatsion işlanmalar va foydali modellar taqdimoti ötkazildi. Hakamlar hayʼati taqdim etilgan loyihalarning dolzarbligi, iqtisodiy samaradorligi va amaliyotga joriy etiliş imkoniyatlarini atrofliça va xolisona baholadilar.
Qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakuniga köra, hakamlar tomonidan eng yaxşi deb topilgan va yuqori baholangan ixtiro hamda loyihalar tanlovning keyingi — Respublika bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





