
Qöqon davlat universiteti Boş energetigi Azizjon Ikromov iştirokida energiya samaradorligi va resurslarni tejaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan brifing bölib ötdi.
2024-yilda universitetda 193 ming kilovatt elektr energiya tejaldi. 683 kvt quvvatga ega quyoş fotoelektrik stansiyalari faoliyat yuritib, 579 ming kilovatt elektr energiya işlab çiqildi.
2025-yil 1-sentabr holatiga köra esa quyidagi körsatkiçlarga erişildi:
180 ming kilovatt elektr energiya tejaldi;
950 kvt quvvatga ega quyoş fotoelektrik stansiyalari işga tuşirildi;
414,2 ming kilovatt elektr energiya işlab çiqarildi;
Universitetning 11 ta binosiga reaktiv quvvatni kompensatsiya qurilmalari örnatildi.
Reaktiv quvvat qurilmalari quyidagiça taqsimlandi:
Sanʼatşunoslik va sport binosida — 220 kvar;
Maʼmuriy binoda — 300 kvar;
6- va 4-öquv binolarida — 35 kvardan;
Qolgan binolarda — 75 kvardan.
Şuningdek, qöşimça çora-tadbirlar ham amalga oşirilmoqda. Jumladan, barça qozonxonalar kömir yoqilğisiga asoslangan qozonlarga almaştirildi. Yil yakuniga qadar yana 200 kvtli quyoş fotoelektrik stansiyalarini örnatiş va universitet binolari koridor hamda zinapoyalariga 300 dona harakat sensorli LED lampalar joylaştiriş rejalaştirilgan.
Mazkur çora-tadbirlar nafaqat iqtisodiy samaradorlikni taʼminlamoqda, balki ekologik muvozanatni saqlaşga ham katta hissa qöşmoqda.
Qöqon davlat universitetida bundan buyon ham “Yaşil universitet” taşabbuslari doirasida energiya samaradorligi va resurslarni tejaş borasidagi işlarni davom ettirişi taʼkidlandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…