
Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon şahridagi 68 ta mahalla yoşlari örtasida sport musobaqalariga tantanali start berildi. Joriy yilning 20-iyulidan 23-avgustiga qadar davom etadigan mazkur musobaqalar yoşlarning yozgi taʼtil davrini mazmunli taşkil etiş, ularni ommaviy sportga keng jalb etiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda böş vaqtini samarali ötkazişga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida sportning şaxmat va şaşka, voleybol, basketbol (3×3), regbi-7, kibersport (FCH 26 va Just Dançe), stol tennisi, armrestling hamda yengil atletika kabi sakkiz turi böyiça musobaqalar taşkil etilmoqda. Bellaşuvlarda şahar mahallalarida istiqomat qilayotgan yoşlar özaro kuç sinaşib, sportdagi mahorati va ğalabaga bölgan intilişini namoyon etmoqda.
Musobaqalarning asosiy maqsadi yoşlarning sportga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, hamjihatlikni mustahkamlaş, şuningdek, ularni giyohvandlik, narkomaniya va boşqa zararli illatlardan asraş, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşdan iborat.
Belgilangan jadvalga muvofiq musobaqalarning birinçi kun bahslari bir neçta sport maskanlarida taşkil etildi. Jumladan, kibersport (FCH 26 va Just Dançe) böyiça bellaşuvlar Qöqon davlat universitetining Sanʼat va sport fakultetida, basketbol (3×3) musobaqalari Qöqon şahar 2-son sport maktabida, stol tennisi bahslari Qöqon şahar 1-son sport maktabida, yengil atletika musobaqalari esa Qöqon davlat universitetining “Yoşlik” stadionida ötkazildi.
Musobaqalarga puxta tayyorgarlik körildi. Sport inşootlari belgilangan talablar asosida tayyor holatga keltirilib, hakamlar hayʼati va taşkiliy guruhlar faoliyati yölga qöyildi. Iştirokçilarni röyxatdan ötkaziş, bellaşuvlarni nizom talablari asosida ötkaziş hamda xavfsizlik çoralarini taʼminlaş işlari amalga oşirildi.
Kunning birinçi yarimida 14 ta mahalladan jami 34 nafar yoş iştirok etdi. Unda yoşlar yuqori sport tayyorgarligi, ğalabaga intiliş va öz mahallasi şaʼnini munosib himoya qiliş yölida faol iştirok etmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi sport musobaqalari davom etadi. Mazkur loyiha yoşlarning salomatligini mustahkamlaş, ularning sportga bölgan qiziqişini oşiriş, isteʼdodlarini yuzaga çiqariş hamda mahallalarda soğlom raqobat, döstlik va hamjihatlik muhitini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








