
Bugun, 17-avgust kuni Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla yoşlari örtasida şaxmat, şaşka va armrestling yönalişlari böyiça sport musobaqalarining çorak final va final bosqiçlari ötkazildi.
Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni soğlom turmuş tarziga keng jalb qiliş, jismoniy faolligini oşiriş hamda sportga bölgan qiziqişini yanada kuçaytiriş maqsadida taşkil etilgan musobaqalarda mahallalardan iqtidorli va faol yoşlar iştirok etdi.
Bellaşuvlar şaxmat, şaşka va armrestling sport turlari böyiça taşkil etilib, iştirokçilar özaro kuç va mahorat sinaşdi. Ayniqsa, final bosqiçlarida yoşlar yuqori tayyorgarlik va munosib sport mahoratini namoyiş etdilar.
Şaxmat böyiça öğil bolalar örtasida S. Muhammadov (Rayxon MFY), qizlar örtasida D. Qöşmaqova (Afğonboğ MFY) ğoliblikni qölga kiritdi. Şaşka böyiça öğil bolalar orasida F. Rasulov (Kalvak Guzari MFY), qizlar örtasida esa M. Töxtasinova (Afğonboğ MFY) 1-örinni egalladi. Armrestling böyiça 60+ kg vazn toifasida S. Nabiyev (Ganjiravon MFY), 70+ kg vazn toifasida S. Rahmatullayev (Parpaşabop MFY), 90+ kg vazn toifasida esa J. Mirboboyev (Aziztepa MFY) eng yuqori natijani qayd etdi.
Şu tariqa, musobaqalarda şaxmat, şaşka va armrestling yönalişlari böyiça eng kuçli yoşlar aniqlandi. Ğoliblarning munosib natijalari ularning nafaqat sportdagi mahorati, balki qat’iyat, iroda va muntazam maşğulotlarning samarasi ekanini körsatdi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi bunday sport tadbirlari mahalla yoşlarini bir maqsad atrofida birlaştiriş, ular örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va yoş avlodni jismonan hamda ma’nan barkamol etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musobaqalarda faxrli örinlarni egallagan ğolib va sovrindorlar belgilangan tartibda taqdirlanadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








