
Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalla yoşlari örtasida sportning basketbol 3×3 va stol tennisi turlari böyiça musobaqalar taşkil etildi. Mazkur sport tadbirlari yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni jismoniy faollikka keng jalb qiliş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib etişga qaratildi.
Musobaqalarda Qöqon şahridagi mahallalardan iştirok etgan yoşlar özaro kuç sinaşib, sport mahorati, çaqqonlik, tezkor fikrlaş va jamoaviy hamjihatlikni namoyiş etdilar. Ayniqsa, basketbol 3×3 bahslarida jamoalar örtasidagi murosasiz va qiziqarli kuraş tomoşabinlarda katta qiziqiş uyğotdi. Stol tennisi bahslarida esa iştirokçilarning aniqligi, tezkorligi va texnik mahorati muhim omil böldi.
Musobaqalar yakuniga köra, basketbol 3×3 böyiça jamoalar örtasida Mustaqillik MFY vakillari eng yuqori natijani qayd etib, 1-örinni egalladilar. Oltin Vodiy MFY jamoasi 2-öringa, Marğilon darvoza MFY jamoasi esa 3-öringa sazovor böldi.
Stol tennisi böyiça qizlar örtasidagi bahslarda Tolzor MFY vakili A. Ibrohimova 1-örinni egalladi. 2-örin Baqaçorsu MFY vakili O. Muxamedovaga, 3-örin esa Döstlik MFY vakili X. Bahodirovaga nasib etdi.
Stol tennisi böyiça öğil bolalar örtasidagi musobaqada Islomobod MFY vakili A. Abdurasulov barça raqiblarini ortda qoldirib, 1-örinni qölga kiritdi. Isfaraguzar MFY vakili N. Ğofurov 2-örin, Ganjiravon MFY vakili O. Örmonov esa 3-örin sohibi böldi.
Musobaqalar yakuniy natijalari:
Basketbol 3×3:
- 1-örin — Mustaqillik MFY;
- 2-örin — Oltin Vodiy MFY;
- 3-örin — Marğilon darvoza MFY.
Stol tennisi, qizlar:
- 1-örin — A. Ibrohimova, Tolzor MFY;
- 2-örin — O. Muxamedova, Baqaçorsu MFY;
- 3-örin — X. Bahodirova, Döstlik MFY.
Stol tennisi, öğil bolalar:
- 1-örin — A. Abdurasulov, Islomobod MFY;
- 2-örin — N. Ğofurov, Isfaraguzar MFY;
- 3-örin — O. Örmonov, Ganjiravon MFY.
Mazkur musobaqalar nafaqat yoşlarning sport mahoratini oşiriş, balki ular örtasida döstona munosabatlarni mustahkamlaş, jamoaviylik va özaro hurmat tuyğularini rivojlantirişga ham xizmat qildi. Sport maydonlarida keçgan bellaşuvlar mahalla yoşlari uçun soğlom raqobat muhitini yaratib, ularni muntazam ravişda sport bilan şuğullanişga rağbatlantirdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








