
Ilm yöli — maşaqqatli, lekin şarafli yöl. Ayniqsa, ota-onasi duosini olib, yurtimizning turli hududlaridan Qöqon davlat universitetiga ilm izlab kelgan talaba uçun har bir kun sinovdir. Gumanitar fanlar va tillar fakulteti jamoasi uçun esa talabaning nafaqat darsdagi davomati, balki uning darsdan keyingi hayoti, turmuş tarzi va xavfsizligi hamişa muhim vazifa bölib kelgan.
Bugun fakultet dekani, professor Dilnoza Jamoliddinova navbatdagi manzilda. Bu galgi taşrif şunçaki tekşiruv emas, balki ona va farzand, ustoz va şogird örtasidagi samimiy muloqotga aylandi. Dekan har bir ijara xonadonini közdan keçirar ekan, eng avvalo, talabaning dars tayyorlaşi uçun tinç muhit borligiga, uyning issiqligiga hamda sanitariya holatiga alohida eʼtibor qaratdi.
Gaz va elektr moslamalaridan foydalanişda ehtiyotkorlik, yaşaş joyidagi tartib-intizom haqida berilgan tavsiyalar yoşlar uçun hayotiy saboq böldi.
Şundan söng dekan talabalar turar joyida ham bölib, u yerda yaşayotgan talabalar bilan suhbatlaşdi. Talabalar uçun yaratilgan şaroitlar, xonalar tartibi, dars tayyorlaş uçun muhit hamda xavfsizlik masalalari yana bir bor közdan keçirildi.
Suhbat davomida talabalarning takliflari tinglandi, muammolari örganildi. Ijara xonadonida yaşaşning öziga xos qiyinçiliklari bor, albatta. Ammo mana şunday ustozlarning yöqlovi, ularga körsatilgan eʼtibor yoşlarning könglida öqişga bölgan iştiyoqni yanada oşiradi. Ular özlarini begona şaharda emas, balki katta va ahil oilaning bir aʼzosi kabi his etmoqdalar.
Eʼtibor — eng katta rağbat. Gumanitar fanlar va tillar fakulteti rahbariyati tomonidan amalga oşirilayotgan bu kabi tadbirlar tizimli ravişda davom etadi. Zero, talabaning köngliga yöl topgan ustozgina haqiqiy maʼnaviyat tarbiyaçisi böla oladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





