
Qöqon davlat universitetiga Çexiya Respublikasining nufuzli taʼlim muassasalaridan biri — Liberes universiteti rasmiy delegatsiyasi taşrif buyurdi.
Mehmonlarni Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva qabul qildi. Uçraşuvda Liberes universiteti rektori Prof. RNDr. Miroslav Brzezina hamda universitet prorektori Prof. Aleš Kochourek iştirok etdilar.
Suhbat çoğida ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi özaro hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş hamda professor-öqituvçilar va talabalar örtasida akademik almaşinuvni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Taşrifning asosiy maqsadi — universitetlar örtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlaş, xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oşiriş va özaro tajriba almaşiş orqali taʼlim sifatini yanada oşirişdan iboratdir.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro anglaşuv memorandumini imzoladilar. Mazkur hujjat ikki oliygoh örtasidagi ilmiy, madaniy va taʼlimiy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, şuningdek, qöşma dasturlarni amalga oşiriş uçun huquqiy asos yaratadi.
Taşrif Qöqon davlat universitetining xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etib, Özbekiston va Çexiya örtasidagi taʼlim aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








